Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev, anʼanaga koʻra, Samarqandga tashrifi chogʻida buyuk muhaddis Imom Buxoriy qabrini ziyorat qildi.
Qurʼon tilovat qilindi.
Davlatimiz rahbari majmua qurilishini koʻzdan kechirdi. Bu yerda qariyb 10 ming namozxonga moʻljallangan masjid, toʻrtta minora, ayvonlar barpo etilmoqda.
Maqbaraning oʻng tomonida, yerostida galereya qurilmoqda. Bu yerda ziyoratchilar alloma qabrini koʻrish imkoniyatiga ega boʻladi. Maqbara naqqoshlik va xattotlik sanʼati asosida sayqallanadi. Uning devorlariga qadimiy uslubda Qurʼoni karim suralari va hadislar yoziladi.
Shu yerda galdagi qurilish ishlari haqida maʼlumot berildi. Majmua yonida mehmonxonalar, avtoturargoh, avtobekat, oshxonalar, savdo rastalari, tahoratxona, kushxona barpo etiladi.
Prezident ularni sifatli qurish, koʻp sonli ziyoratchilarga zamonaviy qulayliklar yaratish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.
Davlatimiz rahbari Hazrati Hizr majmuasidagi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov maqbarasini ham ziyorat qildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q