Siyosat
Assalomu alaykum, hurmatli elchi janoblari – Daniyel Rozenblum!
Sizning buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan xalqimizga o‘zbek tilida yo‘llagan samimiy tabrigingiz bizga nihoyatda katta quvonch bag‘ishladi. Yuksak hurmatimiz va minnatdorligimizni qabul aylang.
Alisher Navoiy butun umri davomida eng gumanistik g‘oyalar asosida insoniyat baxti, iqbolini kuyladi. Jahon xalqlarini o‘zaro do‘st bo‘lib, yaxshilik yo‘lida hamkorlik qilishga chorladi. Mana, salkam olti asrki, Alisher Navoiy ijodi barcha millatlarni ezgu g‘oyalar asosida birlashtirishda ma’naviy ko‘prik vazifasini o‘tab kelmoqda.
Sizning Alisher Navoiy tavallud kuni munosabati bilan Navoiy tilida qilgan tabrigingizni biz mamlakat ziyolilari butun xalqimizga, milliy ma’naviyatimiz, adabiyotimizga bo‘lgan cheksiz hurmat sifatida qabul qilamiz. Bu kabi muloqot va munosabatlar O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi do‘stona aloqalarning yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi.
Sizga yana bir bor yuksak hurmat uchun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi jamoasi nomidan minnatdorlik bildirishga ijozat bergaysiz.
Hurmat bilan,
Minhojiddin Mirzo,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q