Ma’naviy-ma’rifiy muloqotlar

Saqlash
15:49 / 10.02.2022 921 0

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni hamda joriy yilning 28-yanvar kuni maktab ta’limini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Kegeyli, Qonliko‘l, Taxiatosh tumanlarida bo‘lib, tuman bo‘linmalari xodimlari, umumta’lim maktablari direktorlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilar bilan muloqotlar o‘tkazdi.

 

Tadbir va uchrashuvlarda farmondan o‘rin olgan dolzarb mavzularga alohida urg‘u berildi. Shuningdek, Prezidentimiz rahbarligida maktab ta’limini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi oldida turgan vazifalar haqida ma’lumot berildi. Tadbir ishtirokchilari bo‘lgan ijodkor yoshlarning Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, islohotlarga daxldorlik, insoniy fazilatlarni ulug‘lashga bag‘ishlangan she’riy va nasriy asarlari ijobiy baholandi. Kelgusida ham ijodga qiziquvchi o‘g‘il-qizlarni aniqlash va ijod namunalarini ommaga tanishtirish yuzasidan qilinishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi.

 

Taxiatosh tumanidagi ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan yoshlar bilan ishlash, ularning ijodkorlik izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni yanada yuksak darajaga ko‘tarish lozimligi ta’kidlandi.

 

Shuningdek, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari tumanda barpo etilayotgan yangi Ma’naviyat maskanida bo‘lib, qurilish jarayonlari bilan tanishdi. Bu yerda ishlovchi xodimlar uchun har tomonlama qulay shart-sharoitlar yaratish borasida fikr-mulohazalarini bildirdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//