Bir vaqtda beshta tumanga IIB boshligʻi tayinlandi (roʻyxat)

Saqlash
16:17 / 09.02.2022 1306 0

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib boʻyicha buyrugʻi bilan bir nechta lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqida Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Xabarga koʻra, podpolkovnik Muratov Mansur Djumabayevich Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Beruniy tumani IIB boshligʻi lavozimiga tayinlangan. Tayinlovga qadar M.Muratov Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV boʻlim boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

 

 

Podpolkovnik Adilbekov Niyetbay Umirbekovich Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Kegeyli tumani IIB boshligʻi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi. Tayinlovga qadar N.Adilbekov Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

 


Podpolkovnik Tangriyev Jamshid Olimovich Buxoro viloyati IIB Olot tumani IIB boshligʻi lavozimiga tayinlangan. Tayinlovga qadar J.Tangriyev Buxoro viloyati IIB Qorakoʻl tumani IIB boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

 


Podpolkovnik Ismoilov Azamat Kurbanovich Buxoro viloyati IIB Shofirkon tumani IIB boshligʻi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi. Tayinlovga qadar A.Ismoilov Buxoro viloyati IIB Buxoro shahar IIO FMB boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

 

 

Podpolkovnik Ruzimurodov Obidjon Asatullayevich Navoiy viloyati IIB Xatirchi tumani IIB boshligʻi lavozimiga tayinlangan. Tayinlovga qadar O.Ruzimurodov Navoiy viloyati IIB Tashkiliy boshqarma boshligʻi lavozimda faoliyat yuritgan.

 

 

Podpolkovnik Radjapov Anvar Ruziyevich Navoiy viloyati IIB Konimex tumani IIB boshligʻi lavozimiga tayinlangan. Tayinlovga qadar A.Radjapov Navoiy viloyati IIB Xatirchi tumani IIB boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//