Buxoro viloyati hokimiga noqonuniy harakati uchun taqdimnoma kiritildi

Saqlash
20:42 / 09.02.2022 874 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati hokimi dam olish kuni uch tumanda yigʻilish oʻtkazgani haqidagi xabarlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi munosabat bildirdi.

 

Maʼlum qilinishicha, holat yuzasidan Buxoro viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan oʻrganish oʻtkazilgan.

 

Buxoro viloyati hokimi tomonidan 2022-yil 6-fevral kuni (yakshanba dam olish kunida) Buxoro, Vobkent, Gʻijduvon va Shofirkon tumanlarida uchrashuv oʻtkazilganligi sababli mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari buzilgani aniqlangan.

 

«Qonun buzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik, dam olish kunlari ishga jalb etilgan xodimlarga ikki hissa miqdorida haq toʻlanishi yoki xodimning istagiga qarab boshqa dam olish kuni (otgul) berish boʻyicha Buxoro viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan yozma koʻrsatma va vazirlik Davlat mehnat inspeksiyasi rahbari tomonidan viloyat hokimi nomiga taqdimnoma kiritildi», deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//