Navoiyni “oʻzbeklarning Shekspiri” deyishadi. Aksincha, Shekspir “inglizlarning Navoiysi”dir» – navoiyshunos olim Azizullo Orol

Saqlash
20:08 / 09.02.2022 1221 0

Bugun poytaxtimizdagi “Adiblar xiyoboni”da ulugʻ mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 581-yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.

 

 

 

Unda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati xodimlari va aʼzolari, yozuvchi-shoirlar, adabiyotshunos olimlar, mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan chet el elchixonalari va diplomatik vakolatxonalar, vazirlik va idoralar xodimlari, talaba-yoshlar va OAV vakillari qatnashdi. Ishtirokchilar Alisher Navoiy shaxsi, shoirning boy merosi va uni kelgusi avlodga qoldirish borasida qilinayotgan ishlar toʻgʻrisida soʻzlab oʻtishdi.

 

 

 

Xususan, mamlakat rahbari tashabbusi Alisher Navoiy nomidagi Xalqaro jamoatchilik fondi tashkil etildi. Ayni vaqtda Fond bir qator xorijiy ilmiy muassasalar bilan uzviy hamkorlik oʻrnatdi. Bu esa yangi zamon navoiyshunosligini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

 

 

 

Shuningdek, tadbir davomida xorijlik mutaxassislar tomonidan buyuk shoirning dunyo adabiy hayotidagi oʻrni alohida taʼkidlandi. Turkiyalik olim, Vohid Turk Navoiy asari oʻzining insonparvar, elparvar, xalqchil gʻoyalari bilan dunyo kitobxonlari eʼtiborida ekanini, shu bois jahon olimlari tomonidan katta qiziqish bilan oʻrganilayotganini taʼkidladi.

 

 

 

Afgʻonistonning Hirot shahridan kelgan navoiyshunos olim Azizullo Orol garchi Navoiy 16-asrda yashagan boʻlsada, hamon biz bilan yonma-yon ekanini qayd etdi.

 

“Navoiyning tili oʻzbekniki, ammo uning ezgu gʻoyalari butun dunyoga taalluqlidir. Navoiyni «oʻzbeklarning Shekspiri” deyishadi. Yoʻq, men bu fikrga qoʻshilmayman. Aksincha, Shekspir “inglizlarning Navoiysi”dir», dedi u.

 

 

Tadbir davomida Navoiy gʻazali bilan kuylanuvchi qoʻshiqlar ijro etildi, unga bagʻishlangan sheʼrlar oʻqildi. Tadbir ishtirokchilari Alisher Navoiy haykali poyiga gullar qoʻydi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//