Madaniyat
Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasiga qarashli “Temurbeklar maktabi”da Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi hamkorligida buyuk shoir va mutafakkir, gʻazal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 581-yilligiga bagʻishlab, “Alisher Navoiy ijodi – beqiyos maʼnaviy xazina” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi masʼul xodimlari, shoir va olimlar, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari hamda “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi oʻquvchilari, kursantlar va uyushmagan yoshlar ishtirok etdi.
Soʻzga chiqqan navoiyshunos olimlar va shoirlar adabiyotimizda Alisher Navoiy munosib oʻringa egaligi, u zot nafaqat shoir, balki siyosat arbobi, diplomat sifatida ham nom qozongani xususida fikr yuritdilar. Ulugʻ mutafakkirning ijodi yosh avlodni vatanparvarlik, milliy anʼana va qadriyatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalash, umumbashariy gʻoyalar ulugʻlanishi orqali ularni komillikka yetaklash, mafkuraviy immunitetini mustahkamlashda muhim maʼnaviy qalqon vazifasini oʻtaydi.
Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari ulugʻ shoir merosidan namunalar ijro etib, tadbirga oʻzgacha shukuh bagʻishladi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q