Jamiyat
Sogʻliqni saqlash vazirligi yurtdoshlarimizni koronavirusga qarshi oʻz vaqtida emlanishga chaqirdi.
Vazirlik qayd etishicha, shu yilning yanvar oyida Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonalariga jami 8601 nafar bemor murojaat qilgan boʻlib, ulardan 6856 nafarini kattalar, 811 nafarini homilador ayollar, 934 nafarini esa bolalar tashkil etdi.
«Afsuski, ushbu bemorlarning 8243 nafari koronavirusga qarshi vaksina olmagan. Kasallanganlarning bor-yoʻgʻi 358 nafari, yaʼni 4,1 foizi COVID-19 ga qarshi emlangan, xolos. Ularning orasida oʻlim holati qayd etilmagan.
Aksincha, vaksina olmagan bemorlarda kasallik ogʻir va oʻta ogʻir darajada kechib, hatto, oʻlim holatlari ham kuzatilgan.
Shundan kelib chiqqan holda, Sogʻliqni saqlash vazirligi yana bir bor yurtdoshlarimizni oʻz salomatligiga eʼtiborli boʻlib, koronavirusga qarshi vaksina olishga hamda buster doza bilan emlanishga chaqiradi», deyiladi xabarda.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112042
Jamiyat
94729
Jamiyat
90743
Jamiyat
75551
Jamiyat
//
Izoh yo‘q