"2 mingga yaqin bogʻcha, maktab va tibbiyot muassasalari markaziy tarmoqqa ulanmagani bois, suvni tashib kelishga majbur boʻlmoqda" – Prezident

Saqlash
23:44 / 08.02.2022 908 0

Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida hududlarda ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash masalalari yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda.

 

Soʻnggi besh yil davomida aholi suv taʼminotini yaxshilash boʻyicha 10 trillion soʻm yoki oldingi yillarga nisbatan 5 baravar koʻp mablagʻ ajratilgan.

 

“Bu davrda ilk bor 6,5 million aholi toza ichimlik suvi bilan taʼminlandi", dedi davlatimiz rahbari.

 

Shuningdek, 2021-yilda 6300 kilometrga yaqin ichimlik va oqova suv tarmoqlari tortilgan, 474 ta suv inshootlari qurilgan, 592 ta mahallada 2,5 million aholining suv taʼminoti yaxshilangan. Ushbu ishlar hisobiga 1,5 million aholi ilk bor ichimlik suvi bilan taʼminlangan.

 

Prezident shu bilan birga, hali sohada yechimini kutayotgan muammolarni ham sanab oʻtgan.

 

Misol uchun, 4 mingta mahallada ichimlik suvi sutkasiga 4-6 soat beriladi. 1,5 mingdan ortiq mahallada markazlashgan taʼminot yoʻlga qoʻyilmagan.

 

Bundan tashqari, 2 mingga yaqin bogʻcha, maktab va tibbiyot muassasalari markaziy tarmoqqa ulanmagani bois, suvni tashib kelishga majbur boʻlmoqda.

 

Qashqadaryo, Surxondaryo va Jizzaxda ichimlik suvi taʼminoti 60 foizdan kam.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//