Shahar XTB rahbarlari 54 mlrdni talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda

Saqlash
23:02 / 08.02.2022 837 0

 

Shahar XTB rahbarlari 54 mlrdni talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda

Andijon shahar xalq taʼlimi boʻlimi sobiq rahbari Sunbula Eraliyeva katta miqdorda byudjet mablagʻlarini oʻzlashtirganlikda gumonlanmoqda. Bu haqida Kun.uz xabar bermoqda.

 

Maʼlum qilinishicha, prokuratura tomonidan oʻtkazilgan tekshiruvlar davomida shahar xalq taʼlimi boʻlimidan 54 milliard soʻm atrofida kamomad chiqqani aniqlangan. Holat boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Boʻlim mudiri Sunbula Eraliyevaga ehtiyot chorasi sifatida qamoq chorasi qoʻllangani aytilmoqda. Manbaga koʻra, tergovga tortilayotgan shaxslar soni 40 nafarga yaqin. Ular orasida Sunbula Eraliyevadan keyin uning oʻrniga tayinlangan Nuriddin Nazarov ham borligi, unga ham qamoq ehtiyot chorasi qoʻllangan.

 

Bosh prokurorning matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Andijon shahar xalq taʼlimi boʻlimi mansabdor shaxslariga nisbatan tergov harakatlari olib borilayotganini tasdiqlab, tergov tafsilotlari keyinroq ochiqlanishini maʼlum qilgan.

 

Viloyat hokimligi tizimidagi tashkilotlardan birida ishlovchi Kun.uz manbasining aytishicha, viloyatga Sirojiddin Eshquvvatov prokuror etib tayinlanganidan soʻng byudjet tashkilotlarida korrupsiya holatlariga oid koʻplab tergov ishlari olib borilmoqda.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//