Oʻzbekistonning 40 yoshgacha boʻlgan istiqbolli yosh rahbar kadrlari reytingi eʼlon qilindi (ro'yxat)

Saqlash
22:40 / 08.02.2022 984 0

“Yuksalish” umummilliy harakati Ijtimoiy va iqtisodiy tashabbuslar instituti bilan hamkorlikda Oʻzbekistonning 40 yoshgacha boʻlgan istiqbolli yosh rahbar kadrlari reytingini eʼlon qildi.

 

“Yuksalish” umummilliy harakati matbuot xizmatiga koʻra, yakuniy reytingni shakllantirish ikki bosqichda amalga oshirilgan.

 

Birinchi bosqichda fuqarolik jamiyati, tahlil markazlari va OAV vakillaridan iborat ekspertlar yosh rahbarlarning oʻz sohalarida strategik maqsad va natijalarga erishganlik boʻyicha faoliyatini baholashdi. Bunda nomzodlarning maʼlumoti, rahbar sifatida jamoatchilik orasida tanilganligi, ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi, islohotlar jarayonidagi ishtiroki va taʼsir darajasi hamda shaxsiy va kasbiy yutuqlari inobatga olingan.

 

Ikkinchi bosqichda turli soha ekspertlarining ovozi toʻplanib, yakuniy bosqichga oʻtgan 60 dan ziyod nomzodlar orasidan eng koʻp ovoz olgan 40 yoshgacha boʻlgan eng yaxshi 40 nafar rahbar tanlangan.

 

Shuningdek, ekspertlar ovoz berish jarayonida dastlabki roʻyxatda boʻlmagan boshqa nomzodlarni ham taklif etishgan. Ularning ayrimlari yakuniy roʻyxatga kiritilgan.

 

 

 

«Fuqarolik jamiyati institutlari vakillari talqiniga koʻra, eng yaxshi yosh rahbar Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasining ijrochi direktori Gayane Umerova boʻldi.

 

Jurnalist va blogerlar Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev faoliyatini yuqori baholashdi.

 

“Aql markazlari” vakillari esa istiqbolli rahbar sifatida IT Park direktori Farhod Ibrohimovni tanlashdi.

 

Shuningdek, ekspertlar yangi tayinlangan xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidovga katta umid bildirdi. Ularning fikricha, 2022-yilda taʼlim sohasida tub islohotlar boʻlishi kutilmoqda», deyiladi xabarda.

 

Shuningdek, bu yilgi reytingga birinchi marta kiritilgan nomzodlar ham taʼkidlab oʻtilgan:

 

Abat Fayzullayev, Oʻzbekistonning Avstriyadagi elchisi;

 

Abatbay Daniyarov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari;

 

Baxtiyor Saidov, xalq taʼlimi vaziri;

 

Baxtiyor Mustafoyev, Markaziy Osiyo instituti direktori oʻrinbosari;

 

Bobur Abdullayev, Toshkent shahridagi Amiti universiteti rektori;

 

Durdona Rahimova, Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari;

 

Elbek Shukurov, Sergeli tumani hokimi;

 

Iroda Toʻlaganova, Tennis federatsiyasi bosh kotibi;

 

Jamshid Egamberdiyev, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri oʻrinbosari;

 

Milana Xaitova, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruvi aʼzosi;

 

Odiljon Tojiyev, Qonunchilik palatasi spikeri oʻrinbosari;

 

Qurbon Tursunov, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri oʻrinbosari;

 

Saidqahhor Xolxoʻjayev, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari;

 

Umid Shodiyev, Oʻzbekistonning YUNESKOdagi elchisi;

 

Xushnud Xudoyberdiyev, OʻzA bosh direktorining oʻrinbosari;

 

Yusuf Absoatov, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//