Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markaziga matbuot kotibi tayinlandi

Saqlash
16:11 / 08.02.2022 850 0

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbarining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga Egamberdi Xoʻjamurodov tayinlandi.

 

Egamberdi Xoʻjamurodov shu kunga qadar Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Multimedia studiyasida bosh mutaxassis lavozimida faoliyat olib borgan.

 

Egamberdi Xoʻjamurodov 1989-yilda Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Oʻzbekiston” teleradiokanali “Axborot” tahririyatida muharrir, “Tezkor” guruh sharhlovchisi, muxbir-reportyor, Qoraqalpogʻiston va viloyatlar muxbirlar tarmogʻida oʻz muxbir, “Oʼzbekiston 24» telekanalida shef-muharrirlar guruhi bosh muharriri singari lavozimlarda ishlagan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//