Jamiyat
Qo‘shiqchi Sanjay o‘zining kumush taqinchoqlarini sotuvga qo‘ydi. Bu haqda o‘zining Feysbukdagi sahifasida ma’lum qilgan.
«Sotiladi, umumiy og‘irligi 1800 gramm!!! Hech qachon sotishga majbur bo‘laman deb o‘ylamagandim, biroq shunday qilish kerak ekan», deya yozgan qo‘shiqchi o‘zining sahifasida.
Avvalroq Sanjay mualliflik huquqini buzganligi uchun shoir Usmon Azimga jami 94 million so‘m miqdorida tovon puli va ma’naviy zarar to‘lashi lozimligi sudning qarori bilan tasdiqlangandi.
Mazkur ishni ko‘rib chiqish davomida fuqaro Sanjar Javberdiyevning shoir Usmon Azim qalamiga mansub «Karvon» nomli she’rdan muallifning roziligini olmagan holda, xususan, kelishuvga erishmasdan yoki shartnoma tuzmasdan foydalanib «Karvon» nomli qo‘shiq ijro etganligi hamda internet orqali ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirganligi o‘z tasdig‘ini topgan.
Sanjar Javberdiyevdan shoir Usmon Azim foydasiga bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (54 mln. so‘m) miqdorida tovon puli va 40 mln. so‘m miqdorida ma’naviy zararni undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
112461
Jamiyat
95126
Jamiyat
91388
Jamiyat
76048
Jamiyat
//
Izoh yo‘q