Madaniyat
Tez orada Toshkentda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ishga tushadi. Bu haqda kecha Milliy matbuot markazida Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahrining “Hazrati Imom” majmuasi (Hastimom) yonida qad rostlayotgan markaz 9 gektar maydonni egallamoqda. Uning tarkibida yurtimizdagi islom olamiga oid qimmatli manbalarni jamlagan muzey tashkil etilishi kutilyapti.
Xususan, mashhur “Katta Langar Qur’oni” va dunyo sivilizasiyasi tarixidagi eng nodir manba hisoblangan “Usmon Mus’hafi” ham muzeydan o‘rin oladi. Markaz qachon rasman o‘z faoliyatini boshlaydi, degan savolga markaz rahbari Shoazim Minovarov hozirda qurilish ishlari davom etayotganini va 2022-yilning to‘rtinchi choragida qurilish ishlari yakunlanishini qayd etdi.
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Ilm-fan
Siyosat
Ilm-fan
112152
Jamiyat
94836
Jamiyat
90896
Jamiyat
75686
Jamiyat
//
Izoh yo‘q