Jamiyat
Sogʻliqni saqlash vazirligi hayvonot bogʻida onasi tomonidan ayiq qafasiga tashlangan qizaloq haqida qoʻshimcha maʼlumotlar berdi.
Taʼkidlanishicha, qizaloq standart boʻyicha nevrologik, ultratovush va bosh miya MSKTsi kabi qator tekshiruvlar amalga oshirilib, bolalar reanimatsiya boʻlimiga yotqizilgan va tegishli mutaxassislar ishtirokida zarur davo choralari koʻrilgan. Uning umumiy ahvoli yaxshilangach, boshqa boʻlimga oʻtkazilgan.
Hozir bemor tibbiyot xodimlari nazorati ostida rejali muolajalarni davom ettirmoqda. Sogʻligi kundan kun tiklanib bormoqda.
Shuningdek, Sogʻliqni saqlash vazirligi bemor qizaloq Z.A.ning 18 yoshga toʻlguniga qadar salomatligini doimiy nazorat qilish uchun Bolalar milliy tibbiyot markazi va uning direktori, tibbiyot fanlari doktori Alisher Sharipovni shaxsan masʼul etib belgilagan.
Madaniyat
Siyosat
Jahon
Siyosat
Jamiyat
109906
Jamiyat
94221
Jamiyat
90059
Jamiyat
73278
Jamiyat
//
Izoh yo‘q