
Jamiyat
Toshkent tibbiyot akademiyasining faxriy professori, akademik Daminov Turgʻunpoʻlat Obidovich 81 yoshida vafot etdi. Bu haqida Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
T.Daminov – pediatr-infeksionist olim, Oʻzbekiston FA akademigi (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan vrach (1980), tibbiyot fanlari doktori (1986), professor (1987), ToshTIni tugatgan (1964). Bolalar yuqumli kasalliklari kafedrasi assistenti, dotsenti (1969-82), mudiri (1982 – 84), Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi pediatriya ITI direktori (1984 – 90), 1-ToshTI rektori (1990 y. dan).
Daminov bolalarda uchraydigan gepatitning davomli va surunkali xillari shakllanishini klinik-patogenetik nuqtayi nazardan oʻrgandi. Bolalarda uchraydigan V virusli gepatitning davomli xilini samarali davolash usulini ishlab chiqdi va amaliyotga tatbiq etdi. Koʻpincha chaqaloqlar oʻlimiga sabab boʻladigan nafas yoʻllari kasalliklari belgilarini aniqladi.
1997-yildan Oʻzbekiston Oliy Majlisi deputati, Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy kengashining birinchi kotibi (1995 y. dan) lavozimlarida ishlagan. U “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi” bosh tahrir hayʼati aʼzosi (1997 y. dan), Polsha tibbiyot fanlari akademiyasi akademigi (1999), “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlangan (1997).
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q