Jamiyat
Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan murakkab operasiya jarayoni lavhalari tarqaldi. Ushbu videotasvirlarda yosh yigitning baxtsiz hodisa sabab jiddiy jarohat olgani, tibbiyot xodimlari uning tanasiga kirib ketgan armatura bo‘lagini murakkab jarrohlik yo‘li bilan chiqarib, bemorning hayotini saqlab qolgani aks etgan.
SSV matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, shu yilning 20-dekabr kuni soat 11:00 larda 2005-yilda tug‘ilgan R.S. og‘ir ahvolda va hushsiz holda shifoxonaga olib kelingan.
Ma’lum bo‘lishicha, bemor tanasiga qurilish jarayonida ikkinchi qavatdan yiqilib tushishi oqibatida diametri 15 mm.lik ikkita armatura bo‘lagi kirib ketgan. Shundan so‘ng u zudlik bilan “Tez yordam” mashinasida shifoxonaga olib kelingan.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi qabul bo‘limida bir qancha mutaxassislar ko‘rigidan so‘ng bemorning bosh miya, bo‘yin, ko‘krak va bel-umurtqa sohalari, ko‘krak qafasi, qorin bo‘shlig‘i a’zolari MSKT qilingan. Shuningdek, qorin bo‘shlig‘i va ko‘krak qafasi ultratovush tekshiruvidan o‘tkazilgan.
– Metall parchasi bemor ko‘krak qafasining o‘ng orqa yuzasi, 7 va 9-qovurg‘alari orasidan kirib, 6-ko‘krak umurtqasini teshib o‘tgan va orqa miya ezilishiga sabab bo‘lgan, – deydi ushbu markaz direktori Doniyor Alimov. – So‘ngra o‘ng o‘mrovosti arteriyasi tagidan o‘tib, bosh suyagi miya asosining o‘rta chuqurchasini teshib kirgan. Bosh miya o‘rta darajada lat yegan. Bundan tashqari, o‘ng chakka suyagi va orqa miyaning ochiq, teshib o‘tgan jarohati, 6-ko‘krak umurtqasining maydalanib sinishi kabi o‘ta og‘ir shikastlanishlar bemor hayotiga xavf solib turgan edi.
Shu sababli markazning kardioxirurg, neyroxirurg, torokal va umumiy jarroh, travmatolog, anesteziolog va reanimatolog kabi 10 dan ortiq eng malakali mutaxassislari tomonidan 5 soatdan ziyod vaqt davomida amaliyotda kam uchraydigan murakkab jarrohlik operasiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Natijada bemorning hayoti saqlab qolindi.
Hozir uning ahvoli qoniqarli, gemodinamik ko‘rsatkichlari barqaror bo‘lib, muolaja jarayonlari davom ettirilmoqda.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q