Sport
Milliy olimpiya qoʻmitasida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Voleybol federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasida Oʻzbekiston Voleybol federatsiyaga rahbar saylash masalasi koʻrildi. Bu haqida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligii matbuot xizmati xabar berdi.
Unda Oʻzbekiston Voleybol federatsiyasi bosh kotibi Oybek Qosimov ushbu lavozimga Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov nomzodini ilgari surgan.
Abduqodir Xamidovich Toshqulov nomzodi bir ovozdan maʼqullanib, Oʻzbekiston Voleybol federatsiyasining prezidenti etib saylandi.
“Vazirlik jamoasi Abduqodir Xamidovichni mazkur masʼuliyatli lavozim bilan qutlab, yurtimizda voleybol sport turini rivojlantirish va uni yoshlar orasida keng ommalashtirishdagi ishlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi”, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jahon
111062
Jamiyat
94518
Jamiyat
90461
Jamiyat
74537
Jamiyat
//
Izoh yo‘q