Madaniyat
Davlat xavfsizlik xizmati va Buxoro viloyati Vobkent tuman hokimligi tashabbusi bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda tumanda faoliyat olib borayotgan sartaroshlar o‘rtasida "Kitobxon mijoz" aksiyasi tashkil etish belgilab olindi.
Tumanda kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, ayniqsa yoshlarni kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida har bir sartaroshxonada navbatni kutayotgan mijozlar uchun kitob javonlarida hikoyalar, qissa va romanlardan iborat o‘zbek va jahon adabiyoti namunalaridan "Ziyo burchagi"ni tashkil etish tavsiya etildi.
Sartarosh ustalarga "Ziyo burchagi"ni tashkil etishda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi va tuman Axborot kutubxona markazi tomonidan saralangan 152 nomdagi adabiyotlar tarqatildi.
Ushbu aksiyani eng namunali tarzda tashkil etgan sartaroshlar tuman hokimi tomonidan rag‘batlantiriladi.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
110719
Jamiyat
94437
Jamiyat
90342
Jamiyat
74186
Jamiyat
//
Izoh yo‘q