Nasr to‘garagi faoliyat boshladi

Saqlash
14:24 / 04.02.2022 991 0

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida yosh nosirlar uchun mo‘ljallangan “Umid” adabiy to‘garagi faoliyati qayta yo‘lga qo‘yildi. Kecha, 3 fevral kuni to‘garakning ilk mahorat saboqlari va ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirni Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari Nodir Jonuzoq ochib berdi. To‘garak mehmonlari, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi Nurali Qobil hamda navoiyshunos ijodkor Azizullo Orol yosh qalamkashlarga ijod olamiga kirib kelish tarixi haqida so‘zlab, yaxshi ijodkor bo‘lish uchun nimalarga e’tibor qaratish lozimligini aytib o‘tdi. Shundan so‘ng ishtirokchilar yozuvchiga o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berishdi.

To‘garak doirasida shuningdek, “Xolis fikr” loyihasi ham o‘tkazildi.  Nurali Qobilga yosh nosirlardan birining hikoyasi muallifi ko‘rsatilmagan holda taqdim etildi. Yozuvchi uni tahlil qilib, kamchiliklari va yutuqlarini aytib o‘tdi. Hikoya muallifi ham uchrashuvda qatnashib, o‘ziga kerakli tavsiyalarni qabul qildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//