Madaniyat
Shavkat Mirziyoyev “Madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi. “Oʻzbekiston 24” telekanalida davlat rahbarining ushbu qaroriga batafsil sharh berildi.
Unga koʻra, 2022/2023-oʻquv yilidan boshlab taʼlim muassasalarida oʻquvchi va talabalarning madaniy bilim va koʻnikmalarini, milliy madaniyatga muhabbatini oshirish, yosh isteʼdodlarni aniqlash va qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Xususan, maktab oʻquvchilariga milliy musiqa cholgʻularidan kamida bittasini chala olish mahorati oʻrgatiladi hamda bu haqida ularning taʼlim toʻgʻrisidagi hujjati (shahodatnoma)ga tegishli qayd kiritiladi.
Musiqa fani oʻqituvchilarining milliy cholgʻulardan kamida bittasini, 2023/2024-oʻquv yilidan boshlab esa kamida uchtasini chala olish mahoratiga ega boʻlish majburiy hisoblanadi.
Ularga asosiy ish joyida ish haqini saqlab qolgan holda, musiqa fanidan dars oʻtish va toʻgarak mashgʻulotlarini olib borishga ruxsat beriladi. Musiqa darslarida “Hayotimga hamrohdir cholgʻu” shiori ostida “cholgʻu ijrochiligi” mashgʻulotlari yoʻlga qoʻyiladi.
Maktablarni notalar toʻplamlari va maxsus musiqiy adabiyotlar bilan taʼminlashga alohida eʼtibor qaratiladi. 2022—2024-yillar davomida 10 130 ta maktab, 323 ta bolalar musiqa maktabi, 826 ta madaniyat markazi 7 turdagi milliy cholgʻular bilan 3 toʻplamdan taʼminlanadi. Buning uchun respublika va mahalliy byudjetlardan teng ulushlarda jami 205 milliard soʻm ajratiladi.
Shuningdek, oʻquvchilar uchun milliy musiqa cholgʻulari, tasviriy va amaliy sanʼat, hunarmandchilik yoʻnalishlarida amaliy toʻgaraklar tashkil etish uchun 2022-yilning oʻzida 92 milliard soʻm mablagʻ ajratiladi.
Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan cholgʻu asboblari, ovoz kuchaytirgich moslamalari, texnik jihozlar, chiroqlar, maxsus liboslar Oʻzbekistonga olib kirilishiga 2025-yil 25-yanvargacha bojxona bojidan ozod etiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q