Sanjaydan shoir Usmon Azim foydasiga qariyb 100 million soʻm undiriladigan boʻldi

Saqlash
21:40 / 03.02.2022 1239 0

Xonanda Sanjay tomonidan kuylangan “Karvon” qoʻshigʻi atrofidagi munozaralar davom etmoqda. Ushbu qoʻshiq soʻzi Oʻzbekiston xalq shoiri Usmon Azimga tegishli boʻlib, Fuqarolik ishlari boʻyicha Yakkasaroy tumanlararo sudi Sanjaydan shoir Usmon Azim foydasiga 97 million 800 soʻm undirilishini maʼlum qildi. Bu haqida “Daryo”ga Oʻzbekiston mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamiyati matbuot xizmati xabar bergan.

 

Qayd etilishicha, 2021-yilning 13-yanvar kuni Fuqarolik ishlari boʻyicha Yakkasaroy tumanlararo sudida “Oʻzbekiston Respublikasi mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamiyati” “Uzavtor.uz” tomonidan Oʻzbekiston xalq shoiri Usmon Azim manfaatlarini himoya qilish yuzasidan kiritilgan daʼvo ariza Sanjar Javberdiyev tomonidan kuylangan “Karvon” qoʻshigʻi sheʼri yuzasidan koʻrib chiqilgan.

 

Javobgar Sanjar Javberdiyevning qilgan harakatlari Oʻzbekiston “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi qonuniga zid deb topildi.

 

Mazkur qonunga koʻra, har bir shaxs biron-bir muallifning asaridan foydalanishda bevosita ushbu muallif oʻzidan yoki merosxoʻrlaridan rozilik olishi yoki mulkiy huquqlarni jamoaviy asosida boshqaruvchi tashkilotlar bilan tegishli tartibda shartnoma imzolashi kerakligi belgilangan.

 

Ayni vaqtda javobgar Sanjar Javberdiyev Oʻzbekiston xalq shoiri Usmon Azimning roziligisiz “Karvon” sheʼri matnidan noqonuniy foydalangani “Oʻzbekiston Respublikasi mualliflik va turdosh huquqlar himoya qilish jamiyati”ning saʼy-harakatlari natijasida Fuqarolik ishlari boʻyicha Yakkasaroy tumanlararo sudida oʻz tasdigʻini topdi.

 

Sud tomonidan javobgarga nisbatan 40 million soʻm maʼnaviy zarar hamda BHMning 200 barobari miqdoridagi summa, yaʼni boy berilgan foyda sifatida shoirga undirilishi, shuningdek, javobgar ijrosidagi “Karvon” qoʻshigʻi barcha ijtimoiy tarmoqlardan olib tashlanish majburiyati yuklangan

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//