Siyosat
Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi davom etmoqda.
Yigʻilishda Prezident joriy yilda maishiy chiqindi toʻplash qamrovini 95 foizga, qayta ishlash hajmini 40 foizga, xususiy sektor ulushini 50 foizga yetkazish vazifasini qoʻydi. Buning uchun:
- import qilinadigan maxsus texnika, butlovchi va ehtiyot qismlar bojxona bojidan 3 yilga ozod etiladi;
- saralash va qayta ishlash texnikasi xaridi uchun 5 yilgacha imtiyozli kreditlar ajratiladi va qayta moliyalashtirish stavkasidan oshgan qismi qoplab beriladi;
- chiqindini qayta ishlashga qodir klasterlarga yer, mol-mulk va ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz qilib belgilanadi;
- klasterlarni tashkil etish tartibi qayta koʻrib chiqiladi, ularga oʻz hududidagi chiqindilarni qayta ishlash darajasini kamida 40 foizga olib chiqish talabi qoʻyiladi;
1-martga qadar 51 tuman va shaharda xususiy sherikchilik asosida jami 38 ta korxona tashkil etish boʻyicha tanlovlar boshlanadi, yil yakuniga qadar ushbu hududlar uchun 500 ta maxsus transport xarid qilinadi;
- 1-oktyabrga qadar ijtimoiy muassasalar va bozorlarga 8 mingta, kelgusi yil 1-mayga qadar 11 mingta konteyner oʻrnatiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q