Malayziyaning Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha komissiyasi veb-sahifasida O'zbekiston bilan bog'liq jarayonlar yoritildi

Saqlash
21:57 / 25.08.2021 1073 0

Malayziyaning Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha komissiyasi veb-sahifasida O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonovning “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida fuqarolik jamiyati va ommaviy axborot vositalari rolining kuchayishi” sarlavhali maqolasi eʼlon qilindi. Bu haqda “Dunyo” AA ma'lum qildi.

O‘zbekiston Prezidenti tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosi, hayotga tadbiq etilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan qarorlarning amalga oshirilishida fuqarolarning faol ishtirok etishi, shubhasiz, ularning samaradorligini yana-da oshiradi, deyiladi xabarda.

Maqolada taʼkidlanganidek, bunday maqsadlarga erishish ko‘pgina omillar qatorida davlat idoralari faoliyatining shaffofligiga bevosita bog‘liqdir. “Shaffofliksiz davlat organlari va mansabdorlarning jamiyat oldidagi hisobdorligining taʼminlanishi yoki jamoatchilik nazoratini amalga oshirish g‘ayri imkondir”, - deb yozadi muallif.  

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish bilan bog‘liq saʼy-harakatlar 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha  Harakatlar strategiyasiga asoslangani ham malayziyalik o‘quvchilarning eʼtiboriga havola qilingan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//