Jamiyat
“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi faollari Oʻzbekistonda TikTok ijtimoiy tarmogʻini butunlay bloklash taklifini ilgari surdi. Bu haqida partiya matbuot xizmati xabar berdi.
“Adolat” SDP faollarining taʼkidlashicha, TikTokʻda oʻzgalar hayotiga daxl qiluvchi nomaqbul kadrlarning koʻpayayotgani mazkur masalaga jiddiyroq yondashish lozimligidan dalolat bermoqda. Bunga partiya aʼzolari samarqandlik maktab oʻquvchisining otasi tengi erkak yuziga tepgani misol qilib keltirilgan.
«Biz «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi faollari zoʻravonlikka tamomila qarshi insonlar safida turib, yurtimiz ravnaqi yoʻlida xalqimizning oʻlmas, bebaho qadriyatlariga hamohang tarzda, yoshlarimizni millatimizga yod boʻlgan har qanday gʻoya va qarashlardan himoyalash tarafdorimiz.
Bunday sharafli yoʻlda kerak boʻlsa, jinoiy javobgarlik choralarini kuchaytirishimiz, foydasidan koʻra ziyoni koʻp boʻlayotgan internet tarmogʻidagi TikTok singari mobil ilovalarni sodir boʻlayotgan koʻngilsiz voqea-hodisalarni hisobga olgan holda butunlay bloklashimiz lozim. “Shusiz ham taqiqlar mavjudku”, deyishimiz mumkin. Biroq koʻr-koʻrona mashhurlikka oʻch yoshlar ongini zaharlab, ijtimoiy tarmoqda shuhrat qozonishga “oltin koʻprik” vazifasini oʻtayotgan TikTok bilan tiktokerlarimiz VPN ilovasi orqali ulanish imkoniyati borligi bu masalani ham oʻrganib chiqish zarurligini koʻrsatadi», deyiladi xabarda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
112461
Jamiyat
95126
Jamiyat
91388
Jamiyat
76048
Jamiyat
//
Izoh yo‘q