Jahon
Ma’lum qilinishicha, Quyosh massasi to‘lqini Yerga 2-fevralda yetib keladi. Olimlar G1 sinfidagi geomagnit bo‘ronlari bo‘lishini prognoz qilgan. Unda keyingi magnit bo‘roni 5-fevralda bo‘lishi kutilmoqda, bundan tashqari, Yer magnitosferasi 6–10 fevral davomida bo‘ron ta’sirida bo‘ladi. Shuningdek, 18 va 25-fevral kunlari mutaxassislar yana ikkita kuchli quyosh chaqnashi kutilishini qayd etgan.
Mutaxassislarning kuzatishlari natijasiga ko‘ra, Quyoshning umumiy faolligi kamida bir-ikki oy davomida yuqori bo‘lib qoladi. Quyoshdagi kuchli chaqnashlar odamlar salomatligida o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin.
O‘rganishlarga ko‘ra, magnit bo‘ronlari, hatto o‘rta kuchga ega bo‘lsa ham, inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ularning eng keng tarqalgan ko‘rinishi quyidagilar:
– bosh aylanishi va bosh og‘rig‘i;
– uyqu buzilishi;
– diqqatni jamlash bilan bog‘liq muammolar;
– qon bosimining buzilishi;
– surunkali kasalliklarning kuchayishi;
– tana og‘rig‘i, shuningdek, bo‘g‘imlardagi og‘riqlar;
– ishtaha buzilishi va ko‘ngil aynishi;
– holsizlik hissi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q