Utilizatsiya qilinishi lozim boʻlgan darsliklar roʻyxati tasdiqlandi

Saqlash
18:02 / 31.01.2022 934 0

Xalq taʼlimi vazirining 2022-yil 25-yanvardagi buyrugʻiga asosan 2020-2021 oʻquv yili yakuni boʻyicha umumtaʼlim maktablari hamda imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari foydalanish muddati tugagan, yaroqsiz holga kelganligi sababli kutubxona jamgʻarmalari hisobidan chiqarilishi va utilizatsiya qilinishi lozim boʻlgan darsliklar hamda oʻquv-metodik qoʻllanmalar roʻyxati tasdiqlandi.

 

Bundan koʻzlangan asosiy maqsad taʼlim muassasalarining kutubxona jamgʻarmasidagi darsliklar hamda oʻquv-metodik qoʻllanmalarni xatlovdan oʻtkazishdan iborat.

 

Utilizatsiya qilinishi lozim boʻlgan darsliklar roʻyxati bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//