Jamiyat
“Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–104-son, 27.01.2022-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvargacha chakana savdo va umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joylashtirish) xizmatlari, avtotransportda yoʻlovchi va yuk tashish, transport vositalarini taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish, kompyuter xizmatlari, maishiy texnikani taʼmirlash, agro va veterinariya xizmatlarini koʻrsatuvchi hamda koʻngilochar maskanlarda xizmatlar koʻrsatuvchi tadbirkorlar uchun uchun ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilandi.
Tadbirkorlarga 2022-yil 1-yanvardan 2027-yil 1-yanvargacha mehmonxona va maydoni 5 ming kvadrat metrdan yuqori boʻlgan savdo komplekslari boʻyicha:
yer soligʻi va mol-mulk soligʻi stavkasi 90 foizga kamaytiriladi;
foyda soligʻini hisoblashda binolarning qiymati 2 yil amortizatsiya xarajatlari sifatida chegirib tashlanadi.
2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvargacha 28 ta tuman va shaharlarda umumiy ovqatlanish, mehmonxona, savdo, koʻngilochar, turoperator va turagent xizmatlarini koʻrsatayotgan tadbirkorlar uchun:
aylanmadan olinadigan soliq – 1 foiz;
mol-mulk va yer soligʻi hisoblangan summaning 1 foizi miqdorida belgilanadi.
2022-2023-yillar davomida “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida 640 ta xizmat koʻrsatish obyektlari tashkil etiladi.
Shuningdek, nodavlat maktab va bogʻchalarni qurish sharti bilan tegishli tuman (shahar)larda yer uchastkalari elektron onlayn-auksion savdosiga chiqariladi.
Xizmatlar sohasidagi yangi loyihalar uchun 14 foiz stavkada bitta loyiha boʻyicha 2 milliard soʻmgacha kredit ajratiladi.
Jamiyat
Jahon
Iqtisod
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
1 Izoh
Bobur
00:02 / 09.02.2024
Bu qarorga amal qiladiganlar bormikin, bulsa aloqa manzlim aniq. Tanish bilishi milyartlap puli yuq odamlar uchun uylangan qaror bu likin bunga irishaydiganlar buni aksi