Oʻzbekiston Kinematografiya agentligidan vaʼda qilingan 1 milliardni ololmayotgan rejissyorga qozogʻistonliklar homiylik qiladi

Saqlash
16:19 / 31.01.2022 900 0

Qozogʻistonda oʻtkazilgan “Salem Short” pitching kinotanlovida oʻzbekistonlik isteʼdodli rejissyor Shokir Xoliqov gʻolib deb topildi.

 

Tanlovda ekspertlar tomonidan Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekistondan yuborilgan 500 ta qisqa metrajli ssenariylar orasidan 3 tasi tanlab olingan. Ular orasida Shokir Xoliqovning “Oyoq” (Noga) nomli ssenariysi ham bor.

 

Ushbu film tanlov tashkilotchilari tomonidan moliyalashtiriladi. Rejissyor bilan bogʻlanganimizda, prodyuseri qozogʻistonliklar boʻladigan yangi film bahor-yoz oylarida Oʻzbekistonda suratga olinishini maʼlum qildi.

 

Eslatib oʻtamiz, sal avval rejissyor Qozogʻistonning Olmaota shahrida oʻtkazilgan “48 Hour film race“ festivalida «Messi” qisqa metrajli filmi bilan bir vaqtning oʻzida ikki mukofotga loyiq koʻrilgan edi.

 

Shuningdek, uning “Choy” nomli qisqa metrajli filmi Kann xalqaro kinofestivalida gʻolib boʻlgan, 2019-yil Gonkongdagi kinofestivalda Gran-Prini qoʻlga kiritgandi. Shundan soʻng Shokir Xoliqovga 2020-yil “Oʻzbekkino” (hozirgi Kinematografiya agentligi) tomonidan yangi film olish uchun 1 mlrd. soʻmlik sertifikat berilgan. Lekin rejissyor ushbu sertifikatdan hanuz foydalana olgani yoʻq.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//