Bugun Oʻzbekistonda ob-havo qanday boʻladi?

Saqlash
09:03 / 31.01.2022 796 0

“Oʻzgidromet” bugun, 31-yanvar kuni kutilayotgan ob-havo haqida maʼlumot berdi.

 

Oʻzbekistonda yogʻingarchiliksiz ob-havo kutilmoqda. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Togʻli hududlarda qor koʻchishi xavfi bor. Shamol shimoldan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-10 daraja iliq boʻladi.

 

Poytaxtimizda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-9 daraja iliq boʻladi.

 

Togʻli hududlarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Qor koʻchishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2 daraja sovuq-3 daraja iliq boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//