Jamiyat
Bugun, 28-yanvar kuni, soat taxminan 12 larda yosh ayol nomaʼlum sabablarga koʻra xaloyiqning koʻz oldida kichkina qizaloqni ayiq voleriga tashlab yuborgan.
Maʼlum qilinishicha, Zuzu laqabli Kavkaz qoʻngʻir ayigʻi oʻz volerida yotib olib, qizaloqni metall toʻsiqdan ustidan otib yuborgan ayol harakatlarini kuzatgan. Mehmonlar va xodimlarning urinishlariga qaramasdan, ayolni toʻxtatib qolishning imkoni boʻlmagan, u bolani yirtqichning voleriga otib yuborgan.
Ayiq zovurga tushib, qizaloqni hidlab koʻrgan va undan uzoqlashdi.
“Yirtqichlar” boʻlimi xodimlari tez harakat qilib, ayiqni ichki xonaga chaqirishni boshlashgan, ayiq ham qarshilik koʻrsatmasdan xonaga kirdi. Bola volerdan olib chiqilib, hayvonot bogʻining hamshirasi koʻrigidan oʻtkazilgan. Qizaloq yirtqich tishlari va panjalaridan emas, faqat qariyb 5 metr balandlikdan yiqilish tufayli jarohat olgan. Dastlabki koʻrikda urilishlardan tashqari koʻzga koʻrinarli jiddiy shikastlar aniqlanmagan”, deyiladi xabarda.
Ayni damda huquqni muhofaza qilish organlari ushbu voqea sabablarini oʻrganishmoqda. Bola shifokorlar nazorati ostida.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q