Jahon
Xitoylik olimlar Janubiy Afrikada yangi NeoCoV koronavirusini aniqlashdi. Taxminlarga koʻra, u koʻrshapalaklar orasida tarqalmoqda, ammo uning MERS-CoV (taxminan 40% oʻlimga olib keladigan koronavirus) bilan aloqasi mutaxassislarni xavotirga solmoqda.
Xitoylik olimlar Janubiy Afrikada topilgan yangi koronavirus xavfi haqida ogohlantirdi. Qayd etilishicha, ushbu koronavirusning odamlarga yuqish potensialini hisobga olgan holda, diqqat bilan kuzatish lozim.
Tadqiqot ustida ishlagan mutaxassislarning aksariyati Vuxan universitetida ishlaydi. Aynan shu shaharda 2019-yil oxirida SARS-CoV-2 birinchi marta aniqlangan.
Hozircha yangi NeoCoV virusi faqat koʻrshapalaklarga tahdid solmoqda. Ammo mutaxassislar u maʼlum bir mutatsiya bilan odamlarga ham yuqishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.
Biroq, taʼkidlanishicha, NeoCoV hali toʻliq oʻrganilmagan, sirli. Virus Yaqin Sharqdagi respirator sindromining qoʻzgʻatuvchisi boʻlgan MERS-CoV koronavirusiga yaqin boʻlib, uning tarqalishi 2010-yillarning oʻrtalarida qayd etilgan. Xitoylik olimlarning fikriga koʻra, virus “biologik xavfsizlikka potensial tahdid” sola oladi.
Yana ayrim mutaxassislarning fikricha, har qanday xavf haqida gapirishga hali erta, chunki yangi NeoCoV virusi haqida hech narsa maʼlum emas.
Shuningdek, ushbu virusning SARS-CoV-2 yoki Yaqin Sharqda hamon tarqalayotgan MERS-CoV bilan qanchalik oʻxshashligi noaniq. Shuningdek ushbu virusga КOVID-19 uchun yaratilgan vaksinalar va КOVID-19 dan yuzaga kelgan immunitet taʼsir qilish, qilmasligi ham nomaʼlum.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q