Prezident rahbarligida maktab taʼlimini isloh qilish kengashlari tuziladi

Saqlash
22:57 / 28.01.2022 838 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktab taʼlimini rivojlantirish masalalari yuzasidan oʻtkazilayotgan videoselektor yigʻilishida oʻqitish metodikasi, darsliklar, partadan tortib, binosigacha toʻliq qayta koʻrib chiqilishini taʼkidladi.

 

Muallimlarga munosib sharoitlar yaratiladi, ularning bilim va malakasi, dars oʻtishiga talab ham tubdan kuchaytiriladi.

 

“Barcha darajadagi hokimlar bir narsani chuqur anglab yetishi kerak - bugundan «hokimlarning maktabga eʼtibor qilish besh yilligi” boshlanadi», degan Prezident.

 

Shuningdek, tuman, viloyat va respublika darajasida Maktab taʼlimini isloh qilish kengashlari tuziladi.

 

«Respublika kengashiga shaxsan oʻzim rahbarlik qilaman. Tuman va viloyat kengashlariga esa hokimlar bosh boʻladi.

 

Nima uchun, kengashlar qilyapmiz? Chunki bu ishlarni, albatta xalqimiz bilan, keng jamoatchilik bilan kengashib, ularning fikrlari asosida amalga oshiramiz. Har bir yangilikni oʻqituvchilar, mutaxassislar, ota-onalar bilan bamaslahat kiritamiz», dedi Prezident.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//