Jamiyat
Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktab taʼlimini rivojlantirish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqida Prezident matbuot kotibi xabar berdi.
«Taʼlim-tarbiya – bu bizning kelajagimiz, hayot-mamot masalasi. Shu bois, bu sohadagi islohotlarni kechiktirishga haqqimiz yoʻq. Qanchalik murakkab boʻlmasin, maktab taʼlimida poydevorni bugundan mustahkam qoʻyishimiz kerak. Chunki biz koʻp vaqt yoʻqotganmiz.
Agar kimda-kim maktab bu faqat Xalq taʼlimi vazirligining ishi, deb oʻylasa, mutlaqo yanglishadi.
Maktab taʼlimi sohasidagi islohotlar vazirlik va idoralar, tarmoq rahbarlari, barcha darajadagi hokimlar, ilmiy tashkilotlar, ziyolilar, keng jamoatchilikning vazifasi boʻlishi shart va zarur. Shundagina kutilgan natijaga erishish mumkin», deydi davlatimiz rahbari yigʻilishda.
Shuningdek, Prezident tizimdagi islohotlarda boshqaruvchilik va liderlik qobiliyatiga ega maktab direktorlari kerakligini taʼkidladi.
«Umuman, respublika boʻyicha 10 ming 130 ta maktabni isloh qilish 6 milliondan ziyod oʻquvchi, 500 mingdan ortiq muallim, umuman, jamiyatimizning barcha qatlamlari, har bir oilaning kelajagi bilan chambarchas bogʻliq.
Shu bois, bizga sifatli taʼlim tizimi, zamon talablariga javob beradigan va barcha shart-sharoitlarga ega maktablar, ularda malakali pedagog-kadrlar, boshqaruvchilik va liderlik qobiliyatiga ega maktab direktorlari kerak.
Taraqqiyot strategiyasida toʻrtinchi ustuvor yoʻnalish ham, “Inson qadri uchun – 100 ta maqsad”ning 5 ta maqsadi hamda undagi 18 ta vazifalar ham bevosita maktab taʼlimi bilan bogʻliq», dedi Prezident.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q