“Sogʻlom turmush tarzi” platformasi uchun 100 milliard soʻm ajratiladi

Saqlash
16:55 / 28.01.2022 802 0

“Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish va davolash sifatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qaroriga binoan, 2022-yilda:

 

“Sogʻlom turmush tarzi” platformasidan foydalanuvchilarni ragʻbatlantirish, ularning sonini yanada oshirish hamda bu borada olib borilayotgan ishlar koʻlamini yanada kengaytirish maqsadida Davlat byudjetidan 100 milliard soʻm ajratiladi.

 

Tuman va shahar tibbiyot birlashmalari laboratoriyalarini ehtiyojga qarab koagulometr uskunasi va zarur reaktivlar bilan taʼminlash hamda “Toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzi” xonalarini tashkil etish uchun har bir tuman (shahar) byudjetlaridan 350 million soʻmgacha mablagʻ ajratish koʻzda tutiladi.

 

Tuman va shahar tibbiyot birlashmalarida 4 turdagi kardiologiya uskunalari mavjudligi yuzasidan xatlov oʻtkazish hamda zarur boʻlgan jihozlarning xaridi uchun respublika byudjetidan Sogʻliqni saqlash vazirligiga markazlashgan tartibda ajratiladigan mablagʻlar hisobidan 60 milliard soʻmgacha boʻlgan miqdorda mablagʻ ajratiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//