Jamiyat
Uzbekistan Airways tashkil topganining 30 yilligi munosabati bilan aksiya eʼlon qildi. Bu haqida kompaniya axborot xizmati xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, Uzbekistan Airwaysning barcha reyslari aviachiptalariga 30 foizlik chegirma faqat 28-yanvar kuni amal qiladi.
Aksiya qoida va shartlari:
30% chegirmali aviachiptani 2022-yilning 28-yanvar sanasi soat 00:00 dan 23:59 (mahalliy vaqt) gacha xarid qilish mumkin;
Aviachiptani www.uzairways.com rasmiy saytida, Uzbekistan Airways Sales filialida va aviakompaniyaning Oʻzbekistonda Respublikasidagi agentlaridan xarid qilish mumkin;
Aviatashuvlar muddati cheklanmagan (aviachiptani rasmiylashtirish amaldagi reyslar jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi);
Chegirma ekonom va biznes klass tariflarining barcha turlariga amal qiladi;
Ushbu chegirmani boshqa chegirmalar bilan (bolalardan tashqari) qoʻllash taqiqlanadi;
Chegirma Code Share reyslarida va savdo bitimlari doirasida eʼlon qilingan tariflar uchun qoʻllanilmaydi;
Shuningdek, ushbu aksiya doirasida sotib olingan aviachiptalarni qaytarish va boshqa sanaga rasmiylashtirish shartlari bilan rasmiy saytda tanishish mumkin.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
109628
Jamiyat
94023
Jamiyat
89782
Jamiyat
72941
Jamiyat
//
Izoh yo‘q