Ilm-fan
Nagoya universitetining olimlari inson tanasida Collinsella ichak bakteriyasining mavjudligi va ushbu bakteriya COVIDdan oʻlim darajasiga taʼsir qilishini aniqladi. Tadqiqot natijalari The Japan Times gazetasi saytida eʼlon qilindi.
Tadqiqotchilar Collinsella oʻt kislotasini ursodeoksixol kislotasiga aylantira oladi, degan xulosaga kelishdi. Bu esa COVIDning hujayra retseptorlari bilan bogʻlanishiga toʻsqinlik qiladi.
Mutaxassislarning fikriga koʻra, ichaklarda bu bakteriyalarning koʻpligi virusning faolligini bostirishi, kasallikning yengil oʻtishi va oʻlim foizining kamayishini taʼminlaydi.
Oʻz farazlarini tasdiqlash uchun universitet xodimlari koronavirus infeksiyasidan oʻlim darajasi turlicha boʻlgan mamlakatlardan kelgan 953 kishini tekshirishdi.
Natijada, oʻlim darajasi past deb hisoblangan Yaponiya, Koreya Respublikasi va Finlyandiyalik tadqiqot ishtirokchilarining 34-61 foizida ichak bakteriyalarining katta konsentratsiyasi aniqlangan. Oʻlim darajasi yuqori boʻlgan Belgiya, Buyuk Britaniya, Italiya va AQSHda yashovchilarda 4-18% hollarda konsentratsiya aniqlangan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
112462
Jamiyat
95127
Jamiyat
91390
Jamiyat
76049
Jamiyat
//
Izoh yo‘q