Jamiyat
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov kelgusi 5 yilda Samarqandda loy koʻchalar qolmasligini bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, kelgusi 5 yilda Samarqand viloyatida kamida 8 milliard dollar boʻlgan 5,5 mingdan ortiq investitsion loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu orqali 250 mingdan oshiq real, doimiy ish oʻrinlari yaratilishi nazarda tutilmoqda. Bularning natijasida Samarqandda ishsizlik darajasi ikki barobar qisqaradi.
«Kelgusi 5 yilda Samarqandda 1,9 ming kilometr yoʻl shagʻallashtirilib, loy boʻlgan yoʻl umuman qolmaydi. 8 ming kilometr yoʻllarga asfalt yotqiziladi. 270 ta koʻpriklarda qurilish, taʼmirlash rekonstruksiya ishlari amalga oshiriladi. 61 mingdan ortiq eski simyogʻochlar toʻliq yangilanadi. 2,2 ming kilometrdan ortiq ichimlik suvi tarmoqlari tortiladi, rekonstruksiya qilinadi», – deydi Turdimov.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Siyosat
111060
Jamiyat
94515
Jamiyat
90459
Jamiyat
74534
Jamiyat
//
Izoh yo‘q