Jamiyat
Samarqand viloyati IIB tomonidan shaharning Sadriddin Ayniy koʻchasiga ovozli svetofor oʻrnatildi. Bu haqida viloyat YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ovozli svetofor Samarqand shahridagi “Charmgari” mahallasida joylashgan 59-sonli Koʻzi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati oldida koʻzi ojiz piyodalar yoʻldan qiyinchiliksiz oʻtishlari uchun oʻrnatilgan.
Taʼkidlanishicha, svetofor piyodalarga har bir chiroq yongani va harakatlanish mumkin yoki mumkin emasligi haqida ovozli xabar berib ogohlantiradi. Svetoforda qizil chiroqda “toʻxtab tur”, yashil chiroqda esa “yurish mumkin” xabari ovozli tarzda aytiladi.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Siyosat
111060
Jamiyat
94515
Jamiyat
90459
Jamiyat
74534
Jamiyat
//
Izoh yo‘q