Jamiyat
Vazirlar Mahkamasining “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini oʻrganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Qaror loyihasiga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari “Ayollar daftari”ga kiritilgan va uy-joyini taʼmirlashga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlarning uy-joyini tizimli ravishda taʼmirlash ishlarini olib boradi.
Bunda, har bir uy-joyni taʼmirlash ishlariga mahalliy byudjet prognozining ortiqcha bajarilgan qismi hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 50 baravarigacha (13,5 million soʻmgacha) miqdorda mablagʻ ajratilishi nazarda tutiladi.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar va ularning farzandlarini salomatligini mustahkamlash maqsadida “ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar va (yoki) ularning farzandlariga davolash, dori-darmon olib berish yoki murakkab jarrohlik amaliyotlari uchun mablagʻ zarur boʻlgan holatlarda tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi xulosasi va sektor rahbari tavsiyasi bilan tibbiy muolaja xarajatlari “Ayollar daftari” jamgʻarmasi va Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlab berish tartibi joriy etiladi.
Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari hamda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov zimmasiga yuklanadi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q