Namanganda oʻqituvchilardan pora olayotgan metodist ushlandi

Saqlash
10:31 / 27.01.2022 780 0

Namangan shahrida oʻqituvchilarga malaka toifalari olib berishni vaʼda qilgan metodist ushlandi. Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, shahar Xalq taʼlimi boʻlimi bosh inspektor-metodisti O.D. maktab oʻqituvchilari N.R. va M.N.ning ishonchiga kirib, ularga tanishlari orqali 1 va 2 malaka toifalarini olib berish evaziga 500 AQSH dollari va 3,8 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

"Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda"? deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//