Jamiyat
Prezidentimizning “Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida endokrin kasalliklarni erta aniqlash va maqsadli kuzatishni ta’minlash uchun tibbiy kuzatuv va patronajning yangi modelini joriy etish belgilangan.
Unga ko‘ra, 2022-yil 1-apreldan boshlab:
oilaviy shifokorlarni endokrin kasalliklarni tashxislash hamda davolash bo‘yicha qayta tayyorlash;
endokrin kasalliklar mavjud oilalarga maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan patronaj hamshirasini biriktirish;
patronaj hamshirasi tomonidan endokrin kasalligi bo‘lgan, umumiy holati qoniqarli yoki xavf guruhidagi aholini erta aniqlash va differensiallashgan yondashuv asosida kuzatib borish;
tibbiy kuzatuv natijalari bo‘yicha xavf omillari yuqori bo‘lgan bemorlarni shifokor oldi ko‘rigi xonalari hamshiralari hamda oilaviy shifokorlarga yo‘naltirish;
endokrin kasalliklar bo‘yicha xavf guruhiga kiruvchi bemorlar ustidan doimiy kuzatuv o‘rnatish maqsadida barcha tibbiyot brigadalarini glyukometr va maxsus test yaproqchalari bilan ta’minlash;
tashxislash va davolash maqsadida bemorlarni bir kunlik diagnostik stasionar kuzatish tizimini joriy etish belgilangan.
Bundan tashqari «Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra, qandli diabet kasalligiga chalingan bemorlarni bepul dori-darmonlar bilan ta’minlash bo‘yicha qator muhim vazifalar ham belgilandi.
Qayd etilishicha, endilikda 25 yoshgacha bo‘lgan qandli diabetning birinchi turi bilan kasallangan bemorlar analogli insulin hamda o‘zini o‘zi nazorat qilish vositalari (glyukometr va maxsus test yaproqchalari) bilan, qandsiz diabet bilan kasallangan bemorlar, somatotrop yetishmovchiligi bilan kasallangan bolalar hayotiy zarur maxsus dori vositalari (desmopressin va o‘sish gormoni) bilan bepul ta’minlanadi.
Shuningdek, 25 yoshdan oshgan qandli diabetning birinchi turi bilan kasallangan insulinga muhtoj, shuningdek, qandli diabetning ikkinchi turi bilan kasallangan bemorlar odam insulini bilan, qandli diabetning ikkinchi turi bilan kasallangan hamda ehtiyojmand sifatida «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»da bo‘lgan bemorlar metformin dori vositasi bilan bepul ta’minlanadi. Bemorlarga bepul beriladigan dori vositalari va tibbiy jihozlar markazlashgan tartibda xarid qilinadi hamda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari orqali taqsimlanadi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q