Jamiyat
“Yoshlar bilan ishlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.
Qonunga koʻra, davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek fuqarolar Yoshlar ishlari agentligini va uning hududiy boʻlinmalarini voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan hamda davlatning ijtimoiy yordamiga muhtoj boʻlgan voyaga yetmaganlar va oilalar aniqlanganligi toʻgʻrisida zudlik bilan xabardor qiladi.
Qonun bilan Agentlik va uning hududiy boʻlinmalarining quyidagilar boʻyicha ham oʻz vakolatlarini amalga oshirishi belgilandi:
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi;
huquqbuzarliklar profilaktikasi;
bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish.
Qonun bilan Agentlik yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organi ekanligi koʻrsatildi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q