Oʻzbekistonda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar natijasida 200 dan ortiq kishi halok boʻlgani ma'lum qilindi

Saqlash
15:33 / 25.01.2022 1425 0

Oʻzbekistonda 2021-yil davomida ishlab chiqarish sohasi bilan bogʻliq 50 dan ortiq baxtsiz hodisa sodir boʻlgan. Bu haqida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot kotibi Mavjuda Mirzayeva maʼlum qildi.

 

Taʼkidlanishicha, 2021-yil davomida ishlab chiqarish sohasi bilan bogʻliq 54 ta baxtsiz hodisa sodir boʻlgan. Shulardan 198 ta baxtsiz hodisa oqibati oʻlim bilan tugagan. Xususan, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar natijasida 907 kishi jarohatlangan, ulardan 238 nafari halok boʻlgan.

 

Baxtsiz hodisalarni tekshirish natijasi boʻyicha 596 nafar aybdor mansabdor shaxs jami 1 milliard 380 million 900 ming soʻm jarima qoʻllash tartibi boʻyicha maʼmuriy javobgarlikka tortilgan. Bundan tashqari, 199 nafar mansabdor shaxsga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.

 

Oʻtkazilgan tekshirishlar davomida 20 mingga yaqin mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishi aniqlangan. Shu bilan birga, 1 ming 970 nafar aybdor shaxsga jami 3 milliard 340 million soʻm miqdorida jarima qoʻllangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//