Jizzaxdagi bankomatga xakerlar hujum qildi

Saqlash
22:28 / 24.01.2022 1074 0

Jizzax viloyati Zomin tumanidagi Xalq banki shoxobchasiga 24-yanvar kuni xakerlar hujum qilgani haqida xabarlar tarqaldi.

 

Maʼlum boʻlishicha, tumandagi bankomatlardan birining peshtoqidagi monitorga “Hamma pulni bank yeb yotibdi, ketinglar” degan yozuv paydo boʻlgan. Oradan vaqt oʻtib, monitordagi yozuv oʻchirilgan. Xalq banki matbuot xizmati hozirda oʻrganish ishlari olib borilayotganini maʼlum qilgan.

 

“Shoxobchadagi bankomat monitori 24-yanvar soat 00:00 dan ishlay boshlagan. Ertalab soat 07:30 atrofida esa bir bola yuzi koʻrinmagan tarzda kiyinib kelib, oʻzini koʻrsatmagan holda xakerlik hujumini amalga oshirgan. Biroq hozircha bu ishni aynan kim sodir etgani aniqlanmadi. Hozirda tuman hokimiyati, xavfsizlik xizmati xodimlari surishtiruv olib bormoqda. Natijasi boʻyicha maʼlumotlarni taqdim qilamiz”, — degan bank matbuot xizmati xodimi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//