Sport
Oʻzbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev boksdagi faoliyatini yakunladi. Bu haqida u oʻz Instagram sahifasida maʼlum qildi.
Ergashev buni otasi soʻraganini taʼkidladi.
«Uzoq vaqt uyda boʻlmadim va otam meni uyga kelishimni soʻradi. Otam bilan juda ham koʻp suhbatlashdik, oz boʻlsa ham bosib oʻtgan yoʻllarimizni yodga oldik. Men 29 yoshdaman va bugun birinchi marotaba otam sportdagi faoliyatimni yakunlashimni soʻradi.
Hamma narsaning bosh va oxiri boʻlganiday sport ham abadiy emas. Meni qoʻllab-quvvatlagan barchaga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman. Men hayotimda yangi sahifa ochyapman.
Boksni butkul tashlamayman va bir kun yana ringda boʻlsam faqatgina oʻzim uchun ringda boʻlaman. Oʻzimni yangi sohada sinab koʻraman, ammo bu sport sohasi emas. Barchaga omad», — deb yozgan Ergashev.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q