“Tashabbuskor, izlanuvchan rahbar, befarq emas” – Fargʻona shahriga yangi hokim tayinlandi

Saqlash
19:51 / 24.01.2022 895 0

Xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Fargʻona shahriga yangi hokim tayinlangan. Bu haqida viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

 

Sessiyada soʻz olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, shahar hokimi vazifasida ishlab kelgan Mirzohid Ubaydullayev Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining oʻrinbosari – Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlangani, sobiq shahar hokimi faoliyati samarali boʻlganligi, unga katta ishonch bildirilganligini aytib oʻtgan.

 

Viloyat hokimi, Nazarov Vosiljon Shuxratovich nomzodini Fargʻona shahar hokimi lavozimiga tavsiya qilib, “Tashabbuskor, izlanuvchan rahbar, befarq emas, harakatchan, fidoyi, yosh kadrlardan biri”, - deya taʼkidlagan.

 

“Tavsiya etilgan nomzod shahar kengashi deputatlari tomonidan bir ovozdan qoʻllab-quvvatlandi”, deyiladi xabarda.

 

Maʼlumot uchun, Vosiljon Nazarov 1984-yil Buvayda tumanida tugʻilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 2006-yildan moliya tizimida mehnat qilib kelgan, 2019-2021yillarda viloyat moliya bosh boshqarmasi boshligʻi, 2021-yildan Bagʻdod tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//