Jamiyat
Bugun boʻlib oʻtgan xalq deputatlari Bagʻdod tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Yusufjon Xusainov Bagʻdod tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqida Fargʻona viloyat hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Sessiya ishida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan taqdim etilgan Yusufjon Xusainov nomzodi Bagʻdod tuman Kengashi deputatlari tomonidan bir ovozdan qoʻllab-quvvatlangan.
Yusufjon Xusainov 1983-yilda Toshloq tumanida tugʻilgan. 2004-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 2005-yildan iqtisodiyot tizimida mehnat qilib keladi. 2020-yildan buyon viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari vazifasida faoliyat yuritib kelayotgandi.
2021-yildan beri tuman hokimi vazifasida ishlab kelgan Vosiljon Nazarov boshqa lavozimga tayinlangani munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan.
Ilm-fan
Jahon
Jahon
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
112320
Jamiyat
94992
Jamiyat
91116
Jamiyat
75881
Jamiyat
//
Izoh yo‘q