“Oʻzgidromet” haftalik ob-havo haqida maʼlumot berdi

Saqlash
12:01 / 24.01.2022 6878 0

Bugun va keyingi ikki kun davomida respublikaning barcha hududlarida biroz shamol bilan asosan kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi. Bu haqida “Oʻzgidromet” xabar berdi.

 

Kechalari va ertalabki soatlarda 0-3 daraja sovuq, baʼzi joylarda 5 daraja sovuqqacha boʻlgan biroz manfiy harorat saqlanib turadi. Kunduz kunlari quyosh nurlari havoni isitadi, ammo harorat 5-8 daraja iliqdan oshmaydi. Shimolda kechalari 6-9 daraja sovuq, kunduz kunlari 3 daraja sovuq-2 daraja iliq boʻladi.

 

Haftaning ikkinchi yarmida havo harorati biroz koʻtariladi, respublika hududining katta qismida harorat kechalari 0-5 daraja iliq, kunduz kunlari 8-10 daraja iliq, baʼzi joylarda 12 daraja iliqqacha boʻladi.

 

Juma kuni Oʻzbekistonning barcha hududlarida (Fargʻona vodiysidan tashqari) yomgʻir yogʻadi, shimolda va respublikaning togʻli hududlarida yomgʻir va qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻladi. Togʻli hududlarda qor koʻchishi xavfi saqlanib turadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish