Jahon
Pandemiyaning qachon tugashi haqida oldindan aniq gap aytish qiyin. Faqat taxmin va bashoratlar bor xolos. JSST Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyugening prognozi ham shulardan biri.
U «omikron» shtammidan soʻng koronavirus pandemiyasi tugashi ehtimolini inkor qilmaydi. Masalan, Yevropada aholining katta qatlami bu infeksiya bilan kasallangach, ommaviy immunitet hosil boʻladi. Qolaversa, emlanish koʻrsatkichlari oshishi ham vaziyatni ijobiy tomonga oʻzgartirishi mumkin.
«Ammo bu virus bizni bir necha bor hayratda qoldirganini ham unutmaylik, — deydi Klyuge. — Shu sababli ehtiyotkorlik choralarini koʻrishimiz shart».
Tashkilot eksperti Mariya van Kerxovening xulosalari esa xavotirli. U «omikron» hozirgidek tez surʼatda tarqalishda davom etsa, u shunchalik koʻp mutatsiyaga uchrab, yanada yuqumliroq shtammlar paydo boʻlishi mumkin, degan fikrda.
«Omikron» biz eshitadigan soʻnggi variant boʻlmaydi va kelajakda xavotirli mutatsiyalar paydo boʻlish ehtimoli real», — deydi ekspert.
Avvalroq Rossiyaning N.F. Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazi direktori Aleksandr Ginsburg ham «omikron» tufayli yanada xavfliroq mutatsiya shakllanishi mumkin, degan prognozini maʼlum qilgan edi.
AQSHlik olimlar esa vaksina olish muhimligi, biroq buster dozada emlanmasdan «omikron» shtamiga qarshi kurashish kutilgan samarani bermasligini taʼkidladi. Mamlakatda oʻtkazilgan uchta yirik tadqiqot natijasi ushbu xulosaga asos boʻldi.
Shuningdek, rossiyalik infeksionist Yevgeniy Timakov yangi variant bilan kasallanishning asosiy belgilari haqida maʼlum qildi. Unga koʻra, agar odamda darhol burun oqishi, bosh ogʻrigʻi, tomoq ogʻrigʻi, ovozda xirillash kuzatilsa, bu uning deyarli 100 foiz «omikron»ga chalinganidan dalolat beradi.
Mutaxassis, shuningdek, yangi shtamm holsizlik, uyqu buzilishi, isitma, qorin ogʻrigʻi va oshqozon-ichak tizimidagi buzilishlar bilan birga kechishini ham qayd etdi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q